
MYuga 19 yoshli Ekvador terma jamoasi a’zosi keladi
“Independente del Vale” klubi yarim himoyachisi Moyses Kaysedo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “Manchester Yunayted” Ekvador terma jamoasining 19 yoshli a’zosi transferi bo‘yicha uning agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Tomonlar 5 yillik shartnoma ustida ish olib bormoqda.
Kaysedoning transferi 5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar