
MYuning hozirgi o‘yinchilari hech narsaga yaramaydimi?
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan keyin jamoaga yangi o‘yinchilar kerakligini ta’kidladi.
- Jamoamiz og‘ir ahvolda sizlar esa bizdan boshqacha startni kutyapsizlar. O‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarni bu mavsumga olib o‘tgandekmiz. Buni tezroq o‘zgartirishimiz kerak. Bizga yangi sifatli ijrochilar kerak. Biz ularni jamoaga kelishga ko‘ndirishimiz shart, dedi Erik ten Xag.
Aslida niderlandiyalik murabbiy asosiy nishon sifatida “Barselona” plemeykeri Frenki de Yongni belgilagandi. Erik ten Xag yangi tarkibni aynan uning atrofida shakllantirmoqchi edi.
Biroq Frenki Manchesterga kelishdan bosh tortgani murabbiyning rejalarini chippakka chiqardi.
Fikrlar