MYuning ikki yulduzi boshqa jamoani kuchaytiradi

  • 24 mart, 2022, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning frantsiyalik ikki futbolchisi Pol Pogba va Antoni Marsyal yozda “Yuventus” safiga o‘tishi kutilmoqda.

Tecno

Pogba mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Tajribali yarim himoyachi yaqinda Manchesterdagi faoliyatidan qoniqmaganini aytgandi. U besh yil muqaddam “Yuventus”dan rekord summaga transfer qilingandi.

Marsyal ham “Manchester Yunayted”da o‘zini ko‘rsata olmadi. U mavsumni ijara asosida “Sevilya”da o‘tkazyapti. Sevilyaliklar uni kelasi mavsum ham jamoada olib qolmoqchi. Hujumchining manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi.

Manchesterliklar yozda har ikki o‘yinchi bilan ham xayrlashishga qarshi emas va ularning o‘rniga boshqa ijrochilarni qidirishga kirishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!