MYuning sobiq hujumchisi Kavaniga maslahat berdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov “qizil iblislar”ning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavanining kelajagi haqida gapirdi.
"O‘tgan mavsumni yaxshi o‘tkazganiga qaramay, Kavani etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Klubga Ronaldu kabi futbolchi kelsa, u diqqat markazida bo‘ladi, u har bir o‘yinda o‘ynaydi, futbol olamida shunday.
Agar Kavani klubni tark etish imkoniyatiga ega bo‘lsa va unga "Barselona"dan taklif tushsa, u holda, u albatta, La Ligada ko‘proq maydonga tushish imkoniyatini beradigan bu vaziyatdan foydalanish haqida o‘ylaydi. Men esa uni qo‘llab-quvvatlayman va shunday deyman: "U erga bor va o‘yna, bu juda katta pullik transferga o‘xshaydi", - dedi bolgariyalik sobiq futbolchi.
Bundan avvalroq Kavani qishda "Barsa"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, "Manchester Yunayted" Edinson masalasida hech bir klubdan rasmiy taklif olmagan.



Fikrlar