Nagelsmann: "Real" men bilan aloqaga chiqqan edi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Leytspig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 2019 yilda "Real" boshqaruviga kelish imkoniyati bo‘lgani haqida gapirib berdi.

"Faoliyatimda har bir qadamni o‘ylab bosishga harakat qilaman. Reja asosida ish qilish kerak. "Real" rahbariyati men bilan aloqaga chiqib, rejalarim haqida so‘radi, ammo o‘shanda Germaniyada qolib to‘g‘ri ish qilganman.

"Real" - Evropaning eng katta klublaridan biri. Agar men bilan yana aloqaga chiqishsa, endi javobim boshqacha bo‘ladi. Ikki yil oldin esa tayyor emasdim", - deydi Nagelsmann.

Le10 Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar prezidenti Florentino Peres ushbu nomzodni ro‘yxatidan olib tashlagani yo‘q.

Oldinroq, 33 yoshli murabbiy xizmatlariga "Real"dan tashqari "Tottenxem" ham qiziqish bildirayotgan xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!