Nainggolan nimadan afsusda?
Mavsumni "Kalyari" klubi safida ijarada o‘tkazayotgan “Inter” yarim himoyachisi Raja Nainggolan 2018 yilda "Roma"dan ketib xato qilganini tan oldi.
“Men o‘z yuragimni Rimda qoldirganman. Bu men uchun noyob saboq bo‘lgan. Afsuski, mag‘rurligim ustunlik qildi va men jamoamni o‘zgartirdim”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Nainggolan “Roma” safida 2014-2018 yillarda to‘p surgan va shundan so‘ng 38 mln evro evaziga “Inter”ga ko‘chib o‘tgan edi.



Fikrlar