
"Naiz 54" turnirining 2-markaziy jangida Lazizxon O‘zbekov qozog‘istonlik jiddiy raqibga qarshi oktagonga ko‘tariladi
28 oktyabr kuni "Naiza 54" turniri Toshkent shahrida tashkil etilayotganidan xabaringiz bor va unda bir qator O‘zbekistonlik jangchilar oktagonga ko‘tariladi.
Turnirning 2-markaziy jangi ham O‘zbekiston vakili ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Ya’ni, promoushenning super engil vazn (56,7 kg) toifasining 3-raqamli jangchisi hamyurtimiz Lazizxon O‘zbekov 4-pog‘onani band etgan qozog‘istonlik Baglan Jakanshaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, yurtdoshimizning ko‘rsatkichi 5-4 bo‘lsa, Jakansha 4-0 rekordga ega.
Fikrlar