Najmiddin Qosimxojiev — "yil kashfiyoti"!
Poytaxtimizda “Milliy sport mukofoti-2025” tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tantanali tadbirda yil davomida yuqori natija qayd etgan mutaxassislar, sportchi va murabbiylarga sovrinlar topshirildi.
Ahamiyatlisi, unda taekvondo WT bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zosi, joriy yilgi dunyo birinchiligining oltin medali sohibi Najmiddin Qosimxojiev "yil kashfiyoti" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar