
Namangandagi MMA kechasining markaziy jangi ham bir raund davom etdi
Namangan shahrida tashkil etilgan professionallar o‘rtasidagi MMA kechasining so‘nggi, markaziy jangi ham o‘z yakuniga etdi.
Ushbu asosiy jang -91 kg vazn toifasidagi jangchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ya’ni, Shohruh Latifjonov Jo‘rabek Umarxonovga qarshi jang qildi. Ushbu to‘qnashuv ham birinchi raundda o‘z nihoyasiga etdi.
“Teyk-daun”ni oxiriga etkazgan Umarxonov yakunda bo‘g‘ish uslubi bilan jang taqdirini hal qildi va Namangan viloyatida o‘tkazilgan ilk MMA kechasida o‘z g‘alabasini nishonladi. Shu tariqa, Namangan viloyatidagi professionallar o‘rtasidagi jang kechasi tugadi.
Fikrlar