"Napoli" durang qayd etdi, "Latsio" esa yirik hisobda zafar quchdi
A Seriya 12-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Verona" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Dastlab, Simenone mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroz o‘tib, mezbonlar Di Lorentsoning goli evaziga muvozanatni tikladi va o‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi.
O‘z maydonida "Salernitana" klubini qabul qilgan "Latsio" bu turda 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbonlar safida Immobile, Ledesma va Romero raqib darvozani ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar