"Napoli" etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Napoli" klubi rahbariyati jamoa vingeri Xose Kalexon bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra neapolliklar yangi kelishuv orqali 31 yoshli ispan futbolchisining tovon pulini oshirishmoqchi. Aytish lozimki, Kalexonning tovon puli ayni damda bor yo‘g‘i 23 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Xose Kalexon o‘tgan mavsum A Seriyada jami 38ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10ta gol hamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kalexonga Londonning "Chelsi" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar