"Napoli" etakchisi jarohat oldi

"Napoli" hujumchisi Dris Mertens "A" Seriyaning 12-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Jenarro Gattuzo ma’lum qildi. 

"Mertens to‘pig‘ini shikastlab oldi. U to‘laqonli tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng biz jarohatning tafsilotlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz", -dedi Gattuzo.

Eslatib o‘tamiz, Mertens "Inter"ga qarshi o‘yinning 16-daqiqasida jarohat olib, murabbiydan o‘zini almashtirishni so‘ragan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!