
"Napoli" futbolchisi tekinga o‘ynab bermoqchi
"Napoli" va Xose Kalexon o‘rtasida tuzilgan shartnoma bir necha kunlardan so‘ng yakuniga etadi, biroq ispaniyalik futbolchi A Seriya joriy mavsumini Neapol klubi tarkibida yakunlab qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Italiya matbuotiga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi iyul va avgust oylari uchun maosh olmasdan "Napoli"da to‘p surishga tayyor.
Kalexon 2013 yil yozida "Napoli"ga ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda futbolchi A Seriyada 23 o‘yinda 2 gol va 6 golli uzatma berdi.
Fikrlar