
"Napoli" Gattuzo bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas
Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "Napoli" klub bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bilan mavsum so‘nggida xayrlashadi.
Eslatib o‘tamiz, neaopolliklar dekabr oyida Gattuzoni Karlo Anchelotini iste’foga chiqarganidan so‘ng jamoa ustozligiga olib kelgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv joriy mavsum so‘nggida yakuniga etadi.
Manbaga ko‘ra, "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Gattuzoning boshqaruvidan norozi bo‘lmoqda va uning o‘rniga Ivan Yurich, Jan Pero Gasperini va Luchano Spalletti nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar