"Napoli" himoyachisini APLga chorlashmoqda
"Napoli" klubi himoyachisi Elseid Xyusay faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Football-Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli albaniyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ushbu transfer esa 25 million evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Xyusay o‘tgan mavsum A Seriyada jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar