"Napoli" hujumchisi uchun APLning 4 ta klubi kurash boshladi

  • 05.05.2020 21:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi "Napoli" hujumchisi Irving Losanoni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli meksikalik to‘purar uchun "Everton", "Arsenal" va "Tottenxem" klublarining ortidan “qizil iblislar” ham kurashga qo‘shilishgan. Ushbu transfer esa 28 million evroga baholanmoqda.

O‘z navbatida "Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ham Losanoni o‘z rejalariga kiritmayapti. Shu bois rahbariyat uni sotib yuborishga tayyor.

Losano joriy mavsum “Napoli” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!