"Napoli" hujumchisi uchun xaridorlar yana bittaga ko‘paydi

  • 11.04.2020 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Atletiko” klubi ham “Napoli” forvardi Arkadiush Milik uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, 26 yoshli polshalik futbolchi uchun shuningdek, “Milan” va “Shalke” klublari ham kurash olib borishmoqda. Neapolliklar esa uning transferini 25 mln evroga baholashyapti.

Aytish kerakki, Milik va “Napoli” o‘rtasidagi kelishuv 2021 yilga qadar imzolangan. Ularning shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari esa boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Shu bois futbolchining yozda jamoadan ketishi haqiqatga ancha yaqin.

“Napoli” Milikni 2016 yil “Ayaks”dan 32 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!