
"Napoli" Ikardini sotib olmaydi. Neapol klubi boshqa hujumchi bilan kelishib oldi
Hujumchi Fernando Lorente faoliyatini "Napoli" klubida davom ettiradi.
Tomonlar ikki yillik shartnomaga kelishib olishdi. 34 yoshli futbolchining agenti dam olish kunlarida, bitimning so‘nggi tafsilotlari borasida kelishib oladi.
Italiyada forvard yiliga 2,5 mln evro maosh ishlab topadi.
Ispaniyalik futbolchining "Tottenxem" klubi bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga etgan va u "Napoli"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadi.
"Napoli" Lorente bilan kelishuvidan so‘ng, "Inter" forvardi Mauro Ikardi uchun kurashdan chiqadi.
Fikrlar