"Napoli" Mertens bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda

  • 01.03.2020 12:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Dris Mertens bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda klub sport direktori Kristian Jintoli xabar tarqatmoqda.

“Mertensning yaqinlari bilan gaplashyapmiz va yaxshilikka umid qilyapmiz. U bu klub uchun juda ko‘p narsa berdi, bu uning uyi va shu bois biz uning kelajagi borasidagi har qanday xabarni qabul qilishga tayyormiz.

Futbolchining agenti bilan muzokaralar olib boryapmiz. Agar u qolsa, bu ajoyib ish bo‘lardi”, - deydi Jintoli.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli belgiyalik futbolchining “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Unga “Monako” va “Inter”dan jiddiy qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Mertens joriy mavsum A Seriyaning 20 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!