“Napoli” “Roma” futbolchisini nishonga oldi
"Napoli" joriy transfer oynasida yangi hujumchi sotib olmoqchi. Bu haqida "Corrieredellosport" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "moviylar"ning hozirda sotib olish uchun asosiy nomzodlaridan biri "Roma" forvardi Evan Ferguson bo‘lib turibdi. Futbolchi ayni vaqtda rimliklar safida ijaraga asosida harakat qilib kelmoqda. Fergusoning transfer huquqi "Brayton"ga tegishli.
Irlandiyalik hujumchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 25 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum Italiya klubi safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar