"Napoli" Ukraina terma jamoasining 2 nafar futbolchisiga qiziqib qoldi

  • 11.04.2020 16:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Dinamo" Kievning 2 nafar a’zosi faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.

Italiya OAV tarqatgan xabarga qaraganda, neapolliklar himoyachilar Vitaliy Mikolenko va Denis Popovlarni tarkibga jalb etishmoqchi. Mikolenkoning transferi 9 million evroga baholanayotgan bo‘lsa, Popovning narxi 1,3 millionni tashkil etadi.

20 yoshli Vitaliy joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 21 yoshli Popov esa 16 ta o‘yinda 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!