"Napoli" "Verona" himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

  • 18.01.2020 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Verona” klubi himoyachisi Amir Raxmani faoliyatini “Napoli”da davom ettiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka di Martsio xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli kosovalik futbolchi Rimdagi “Villa Styuart” klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va “Napoli” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning yillik maoshi esa 1,8 mln evroni tashkil etadi.

Ta’kidlash kerakki, Raxmanining transferi neapolliklarga 14 mln evroga tushgan. Qizig‘i, u mavsum yakuniga qadar ijara asosida “Verona”da qoladi.

Ma’lumot uchun, Amir Raxmani joriy mavsum A Seriyada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!