"Napoli" Xvichaga yangi shartnoma taklif qildi

  • 15 mart, 2024, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xvicha Kvaratsxeliya "Napoli" bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Tecno

Jurnalistning yozishicha, neapolliklar klubi rahbariyati gruziyalik yarim himoyachiga 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan. Yangi kelishuvga ko‘ra Kvaratsxeliyaning maoshi yiliga to‘rt million evroni tashkil qiladi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Xvicha "ko‘klar" safida 26 ta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!