"Napoli"dagi G‘ulom koronavirusga chalindi

  • 05.02.2021 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli"ning qanot himoyachisi Fauzi G‘ulomda koronavirus aniqlandi.

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 30 yoshli jazoirlik futbolchining COVID-19ga topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Unda kasallik alomatlarsiz kechmoqda va u hozir uy karantiniga olingan.

Bundan avvalroq, "Napoli"ning boshqa bir futbolchisi – Fabian Ruis ham koronavirusga chalingan edi. Ammo u yaqindagina sog‘aydi va safga qaytdi.

Fauzi G‘ulom joriy mavsum “Napoli” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!