
"Napoli"ga kecha nima uchun durang etarli bo‘lmagani haqida tushuntirish!
Kecha neapolliklar chempion bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan bahsda "Salernitana" bilan durang o‘ynab qo‘ydi - 1:1. Xo‘sh, 1 ochko ham etarli bo‘lmasmidi "skudetto" uchun? Nimaga chempionlik kechga surildi? Javob esa oddiy - yo‘q, etmasdi!
Endi tushuntiraman. "Napoli" g‘alaba qozonsa, ochkolari soni 81 taga etardi. Tabiiyki, Spalletti shogirdlari hamma o‘yinda yutqazsa va "Latsio" barcha bahslarni o‘z foydasiga hal qilsa ham 2 ochko etmay qolardi. Shu tariqa, "Napoli" uzoq kutilgan chempionlikni tantana qilgan bo‘lardi.
Ammo Neapol klubi durang o‘ynab qo‘ydi. Endi vaziyat matematik (balki, noreallik) tomondan chigal bo‘lib ketishi mumkin. "Napoli" hamma uchrashuvda engilsa, "Latsio" barini yutsa, ochkolar teng keladi. Shunda o‘zaro o‘yinlar yoki to‘plar farqiga e’tibor qaratilishi kerakdek, to‘g‘rimi? Yo‘q, A Seriyada endi unaqa emas.
"Goal.com" nashrida bu bo‘yicha alohida ma’lumot berilgan. Unga ko‘ra, A Seriyaning yangilangan reglamentiga muvofiq chempionlik yoki ligada qolish uchun kurashayotgan klublar ochkosi teng kelib qolsa, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga qarab o‘tirilmaydi. Balki masalani hal etish uchun ikki jamoa o‘rtasida pley-off bahsi tashkil etiladi. Davron aka yozganidek, asosiy vaqt durang bilan tugasa, penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.
Hali tugatganim yo‘q:) "Latsio"dan tashqari "Yuve"da ham "skudetto" uchun imkon bor edi. Buning uchun turinliklardan ham qolgan hamma bellashuvlarda 100 foizlik natija qayd etilishi talab etilardi. Biroq bugun tunda Allegri shogirdlari ham sensatsion tarzda "Bolonya" bilan durang o‘ynab qo‘ydi. Shu tariqa, "zebralar" rasman chempionlik poygasidan chiqdi!
Eng qizig‘i, shuncha qilgan hisob-kitob, matematikamizni "Napoli" kelasi tur shunchaki durang o‘ynab qo‘yib ham yo‘qqa chiqarib yuborishga qodir. Alam qiladi-a odamga))
Fikrlar