"Napoli"ga texnik mag‘lubiyat yoziladi
Italiya A Seriyasining uchinchi turida "Yuventus"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmagani uchun "Napoli"ga nisbatan qo‘llaniladigan sanktsiyalar ma’lum bo‘ldi.
Italiyalik jurnalist Romeo Agrestining ma’lum qilishicha, neapolliklarga 3:0 hisobida texnik mag‘lubiyat yoziladi. Bundan tashqari, “Napoli”ning to‘plagan ochkolaridan bir ochko olib tashlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Napoli”ning ikki nafar futbolchisida koronavirus aniqlangani sabab, jamoa “Yuventus”ga qarshi o‘yinga tashrif buyurmagan edi. A Seriya rahbariyati esa uchrashuvni qoldirishni rad etdi.
Jennaro Gattuzo jamoasi dastlabki ikki turdan so‘ng musobaqa jadvalida 6 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar