“Nasaf ” – AGMK: Olmaliqliklar Qarshida faqat bir marta g‘alaba qozonishgan

  • 25 aprel, 2019, 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 26 aprel kuni Superliganing 6-turiga start beriladi. Shu kuni “Nasaf” o‘z maydonida Olmaliqning AGMK klubini qabul qilishadi.

Tecno

Ushbu jamoalar jamoalari o‘rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi navbatdagi o‘yin 26 aprel juma kuni Qarshi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 19:35da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 24 bor kuch sinashishgan. Natijalar jamoamizning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 12 uchrashuvda “Nasaf”, 3 o‘yinda esa “AGMK” g‘alabaga erishgan. 9 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.
To‘plar nisbati 36:21ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “AGMK” 4:0, “AGMK ” – “Nasaf” 2:0.

Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2018 yil 25 noyabrda Qarshida o‘tkazilgan. Bu uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan.

Qarshidagi o‘zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 12 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning sakkiztasida "ajdarlar" g‘alaba qozonishgan. Bir marotaba “konchilar”ning qo‘li baland keldi. Qolgan uch uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 37ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 24:13.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!