"Nasaf" - "Metallurg" bahsi oldidan: kim kimga noqulay raqib?

  • 8 mart, 2022, 16:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ajdarlar” Superliganing 2-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs 9 mart soat 18:30 da boshlanadi. “Nasaf” matbuot xizmati uchrashuv oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari borasida ma’lumot taqdim etdi.

Tecno

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtgacha 48 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 30 ta uchrashuvda “ajdarlar”, 12 o‘yinda esa bekobodliklar zafar quchishgan. 6 ta bellashuvda esa durang natija qayd etilgan.  To‘plar nisbati 79:38 ga teng, ustunlik “Nasaf” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha:

“Nasaf” – “Metallurg” – 7:0

“Metallurg” – “Nasaf” – 3:0

Jamoalar so‘nggi uchrashuvni 2021 yili 15 oktyabr kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuvda vakillarimiz minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

15.10.2021 “Nasaf” – “Metallurg” – 1:0

23.06.2021 “Metallurg” – “Nasaf” – 2:1

26.10.2020 “Metallurg” – “Nasaf” – 0:2

06.07.2020 “Nasaf” – “Metallurg” – 1:0

31.07.2019 "Nasaf" - "Metallurg" - 1:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!