"Nasaf" - "Qizilqum": O‘zaro uchrashuvda eng yirik hisob esingizdami?

  • 15.03.2024 05:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 3-turida "Nasaf" Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 16 mart kuni 19:00 da start oladi. 2-turdan so‘ng "Qizilqum" jamoasi 6 ochko jamg‘arib, turnirda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 50 bor to‘qnash kelishgan. Bo‘lib o‘tgan 30 uchrashuvda "Nasaf", 7 o‘yinda esa navoiyliklar g‘alaba qozonishgan. 13 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 94:49, "Nasaf" foydasiga.

Jamoalar so‘nggi bor 2023 yil 19-avgust kuni Qarshida to‘qnash kelishgan. Uchrashuvda hisob ochilmagan. O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Qizilqum” 7:1, “Qizilqum” — “Nasaf” 3:1.

Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalari bilan tanishing:

19.08.2023 y. "Nasaf" 0:0 "Qizilqum"  
17.05.2022 y. "Nasaf" 5:0 "Qizilqum"  
16.09.2021 y. "Nasaf" 2:1 "Qizilqum"  
10.09.2020 y. "Nasaf" 4:0 "Qizilqum"   
10.05.2019 y. "Nasaf" 1:1 "Qizilqum".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!