"Nasaf" darvozabonining jarohati jiddiymi? Klub shifokori javob berdi

  • 29 iyun, 2021, 13:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zingizga ma’lum, kecha “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvining 75-daqiqasida darvozabon Umidjon Ergashev mezbonlar futbolchisi Shoxnazar Norbekov bilan to‘qnashib ketishi natijasida tez tibbiy yordam mashinasida maydonni tark etgan edi.

Umidjonning hozirgi ahvoli haqida jamoa shifokori bizga axborot berdi.

“Umidjon Ergashevga dastlabki tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Unga bosh miyaning engil chayqalishi va lab sohasining yirtilishi tashxisi qo‘yildi. Umidjon hozir jamoamiz bilan birga va ahvoli qoniqarli darajada. Ergashev yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng muolajalar tayinlanadi”,  deydi - Ma’ruf Berdiev.

Biz ham Umidjon Ergashev tezroq sog‘ayib, jamoamiz safiga qaytishini tilab qolamiz, - deyiladi “Nasaf” klubi matbuot xizmatining xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Ergashev
29/06/2021 13:48
Қойил шифокор хам Бердиев экан