
"Nasaf" futbolchisi: "Yo‘qotishlar jiddiy darajada"
Ayni vaqtda "Nasaf" OChL guruh bosqich o‘yinlarida ishtirok etish uchun Saudiyaning Dammam shahrida bo‘lib turibdi. "Ajdarlar" vingeri Suhrob Nurulloev muhim uchrashuvlar oldidan jamoaning tayyorgarligi qanday ketayotgani borasida fikr bildirdi.
- "Birinchi kun mashg‘ulotlar ajoyib tarzda o‘tdi. Havoga hamda maydon holatiga o‘rganib oldik. Uzoq yo‘l yurganimiz va 2 kunlik to‘xtalish bo‘lgani uchun mashg‘ulotlar uzoq davom etdi.
- Hozircha hammamiz jismonan yaxshi holatdamiz. Xudo xohlasa, ilk o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lamiz.
- Yo‘qotishlar jiddiy darajada, deb o‘ylayman. Sherzod Nasrullaev va G‘olib G‘aybullev asosiy futbolilarimizdan edi. Ularning yo‘qligini imkon boricha bilintirmaslikka harakat qilamiz.
- "Al-Sadd" juda ham jiddiy raqib. Ularni yaxshilab o‘rganib chiqmoqdamiz va faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.
Fikrlar