"Nasaf" hujumchisi: "Vaziyatlar yaratmoqdamiz, ammo hammasidan ham foydalana olmayapmiz"

  • 15 mart, 2021, 13:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" va AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. "Ajdarlar" safidagi golga mualliflik qilgan Xusayn Norchaev uchrashuvdan so‘ng SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Kuchli raqibga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Uchrashuvni yaxshi boshladik, biroq bahsning so‘nggi daqiqalarida biroz e’tiborsizlik qildik. Ko‘plab vaziyatlar yaratmoqdamiz, ammo hammasidan ham foydalana olmayapmiz. O‘yindan-o‘yinga xatolarimizni to‘g‘irlashga harakat qilyapmiz.

Charchoq alomatlari nafaqat "Nasaf"da qolgan jamoalarda ham sezilmoqda. Bu hali boshlanishi. Bizni uzun mavsum kutmoqda", - dedi futbolchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!