
"Nasaf" legioneri OFK kubogi finali oldidan fikr bildirdi (foto)
"Nasaf" klubi 10 yillik tanaffusdan keyin yana OFK kubogi finaliga chiqdi.
Yarim finalda Gonkongning "Li Man" jamoasi qarshiligini sindirgan "ajdarlar" Bahrayn sharafini himoya qilayotgan "Al-Muharraq" klubi bilan bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Mazkur bahs oldidan "Nasaf" legioneri Andriya Kaluderovich OFK rasmiy saytiga intervyu berib o‘tdi:
"10 yildan so‘ng, yana finaldamiz va OFK kubogini yutib, o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz!",-dedi serbiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, final 5 noyabr kuni Bahraynning Arad shahridagi "Al-Muharraq" nomli stadionda bo‘lib o‘tadi.
"Nasaf" OFK Kubogi finali uchun Bahraynga jo‘nab ketdi (fotogalereya)
Fikrlar