
"Nasaf" "Mash’al"ni yirik hisobda engdi va kichik ta’tilga chiqdi
“Nasaf” klubi bugun davralar oralig‘idagi tayyorgarligi doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Bu safargi raqib Muborakning “Mash’al” jamoasi bo‘ldi. Uchrashuv 4:0 hisobida “Nasaf” jamoasining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Bellashuvdagi gollarga Umarbek Eshmurodov, Marko Stanoevich, Sardor Sa’dullaev hamda “Metallurg”dan qaytgan Doniyor Narzullaev mualliflik qilishdi.
Shunday qilib, Ro‘ziqul Berdiev jamoasi bugundan kichik ta’tilga chiqdi. “Ajdarlar” endi 25 iyul kuni to‘planadi va futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, - deya xabar bermoqda, “Nasaf” matbuot xizmati.
Fikrlar