"Nasaf" nigeriyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

  • 30.07.2025 17:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Nasaf" yozgi transferlar oynasining so‘ngi kunida yana bir futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Qarshi klubi nigeriyalik futbolchi Sokari Kingsley bilan 1 yillik shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

Kingsley o‘z faoliyati davomida Nigeriya, Misr, Tunis va Quvayt davlatlarining etakchi jamoalarida to‘p surgan. Uning so‘nggi klubi Quvaytning "Kazma SC" jamoasi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!