"Nasaf" OFK chempionlar ligasining "C" guruhidan o‘rin oldi
Ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qurʻa tashlandi.
Qurʻa natijasiga koʻra, Oʻzbekiston chempioni «Nasaf» C guruhidan joy oldi. Qarshiliklar guruh bosqichida Avstraliyaning «Melbourne Sitiy», Xitoyning «Beijing Jingtan» hamda Filippinning «Kaya-Iloilo» klublariga qarshi bahs olib boradi.
Maʼlumot uchun, Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchrashuvlari 1–7 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. C guruhi bahslariga Qashqadaryo viloyati mezbonlik qiladi.

Fikrlar