"Nasaf" Ro‘ziqul Berdievsiz g‘alaba qozondi

  • 22 fevral, 2021, 17:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Toshkentdagi “Jar” stadionida “Nasaf” hamda “Surxon” jamoalari ishtirokida nazorat uchrashuvi tashkillashtirildi.

Shuni aytib o‘tish lozimki, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev oyog‘idagi jarohat tufayli shifoxonaga yotqizilgani bois bu o‘yinda qatnasha olmadi. Uning yordamchisi Shuhrat Toshpo‘latov jamoani o‘yinga tayyorladi.

“Nasaf” garchi bosh murabbiysiz o‘ynagan bo‘lsa-da, “Surxon” ustidan g‘alaba qozona oldi. Avvaliga Nuriddin Hasanov “Surxon”ni hisobda oldinga olib chiqqandi. Shundan keyin qarshiliklar birin-ketin uch marta javob qaytardilar. Xusayn Norchaev, Shokir Yo‘ldoshev va Shoxmalik Komilovning gollari evaziga “Nasaf” 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

nasaf1_2

“Surxon”: Akrom Xodjaev, Vladimir Bubanya, Xusniddin G‘ofurov, Alisher Salimov, Behruz Shaydulov, Asror G‘ofurov, Eldor Boymatov, Zohir Pirimov, Nuriddin Hasanov, Islom Toshpulatov, Murod Bobojonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasur Xolto‘raev, Jahongir Ahmadov, Nizom Norov, O‘ral Choriev,

“Nasaf”: Azamat Soyibov, Xusniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullaev, Umar Eshmurodov, Jo‘rabek Mannonov, Akmal Mozgovoy, Xusayn Norchaev, Suhrob Nurulloev, Sherzod Nasrullaev, Abubakrrizo Turdaliev, Oybek Bozorov.

Zaxirada: Umid Ergashev, Sardor Sa’dullaev, Murod Xo‘jamberdiev, Dilshod Rahmatullaev, Shokir Yo‘ldoshev, Ja’far Karimov, Jasur Jumaev, Muxriddin Zoirov, Shoxmalik Komilov, Marko Stanoevich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!