"Nasaf"ning birinchi turdagi uchrashuvi qahramoni "Xo‘jand"ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

  • 16 may, 2021, 14:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK Kubogi guruh bosqichining 2-turida "Nasaf" Tojikistonning "Xo‘jand" klubiga qarshi kurashga kirishadi. O‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" etakchilaridan Sherzod Nasrullaev ham ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirdi. 

"Avvalambor, barchaga assalomu alaykum. Ertangi o‘yin haqida gapirsam, barchamiz o‘yinga tayyormiz. G‘alaba qozonib barcha muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman. 

Tabiiyki, raqiblar, asosan mezbonlar. 1-turning birinchi bo‘limida ko‘plab vaziyatlar yaratdik, lekin foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda birinchi golni urganimizdan so‘ng, barcha tinchlandi va jamoa o‘z futbolini namoyish etishni boshladi. 1-turda ko‘rsatgan o‘yinimiz bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasdi. Biz “Oloy” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinni tahlil qilib chiqdik va futbolchilarga uchrashuvdagi salbiy va ijobiy jihatlarni takidlab o‘tdik. Biz ertaga o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz ammo mezbonlar bunga yo‘l bermaslikka harakat qilishadi. Biroq ijobiy natijaga erishish uchun eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak bo‘ladi", - dedi Nasrullaev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!