
Navas faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin
Madridning "Real" klubi posboni Keylor Navas yangi mavsumni Portugaliyada boshlashi mumkin.
Record tarqatgan xabarga qaraganda 32 yoshli kosta-rikalik posbonga "Benfika" jiddiy qiziqib qolgan. Lissabonliklar shuningdek "Barselona" darvozaboni Yasper Sillessenni sotib olishga harakat qilib ko‘rishganini ham aytib o‘tish lozim. Ular yakunda kataloniyaliklar bilan gollandiyalik futbolchining transfer narxi masalasida kelishuvga erisha olishmagach, bu boradagi muzokaralar natijasiz yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Navasga boshqa bir portugal klubidan, aniqrog‘i “Portu”dan qiziqishlar bo‘layotgani va u faoliyatini yakunlagan Iker Kasilyasning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Aytish kerakki, o‘tgan yoz Tibo Kurtua "Real"ga ko‘chib o‘tgach, Keylor Navas jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboniga aylanib qoldi.
Fikrlar