
"Navbahor" - "Turon" va "Lokomotiv" - "Bunyodkor" o‘yinlarining sharhlovchilari ma’lum
Bugun Superliga 6-turidan o‘rin olgan 2 ta uchrashuv o‘tkaziladi. Namanganda vodiy, Toshkentda poytaxt derbilari kuzatiladi.
"Navbahor" debyutant "Turon" bilan kuch sinashadi. "Bunyodkor" safarda "Lokomotiv" mehmoni bo‘ladi.
Namangandagi bahs 18:05da start oladi. Toshkentdagi bellashuv esa 18:30da boshlanadi.
Birinchi uchrashuvni Zuhriddin Qilichev "Dunyo bo‘ylab" telekanali orqali sharhlab boradi. Ikkinchi bellashuvni esa Abdulla Nurmonov "Sport" TVda sharhlaydi.
Fikrlar