“Navbahor” bosh murabbiyi mavsumni davom ettirish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi
“Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis karantin qoidalariga rioya qilgan holda Rossiya premer-ligasida mavsumni davom ettirish kerak deb hisoblaydi. U shunday qilinsa, koronavirus bilan bog‘liq hech qanday yangi holatlar qayd etilmasligiga ishonadi.
“Agar biz ikki haftalik karantindan o‘tsak va shu vaqt ichida hech qanday yangi holat qayd etilmasa, unda mavsumni davom ettirish mumkin. Yana qanday muammo?”, - deydi rossiyalik mutaxassis.
Kanchelskis shuningdek, mavsumning qolgan o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkazilishi, uchrashuv natijasiga katta ta’sir o‘tkazmasligini aytdi.



Fikrlar