"Navbahor" braziliyalik himoyachi transferini e’lon qildi

  • 28.01.2025 19:19
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik himoyachi Fernandes Alvesh Igor Gabriel "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

Fernandes Alvesh 1999 yil, 28 aprelda Braziliyaning Jaguariuna shahrida tug‘ilgan.

Himoyachi faoliyati davomida Braziliyaning "Fluminense" (Rio-de-Janeyro), Ozarbayjonning "Sabax" (Masazir), Belarusning "Dinamo" (Minsk), Ukrainaning "Lvov" (Lvov) jamoalarida to‘p tepgan.

O‘tgan mavsumda esa futbolchi Maltaning "Xibernias" (Paola) jamoasida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!