"Navbahor" futbolchisining qaysi klubda to‘p surishi oydinlashib qoldi

  • 2 yanvar, 2021, 16:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Asta-sekin klublarimizdagi o‘zgarishlar, futbolchilarning keldi-ketdilari avjiga chiqadi. Masalan, yaqinda saytimiz orqali “Navbahor” futbolchisi Islom Isoqjonovning klub bilan tuzgan shartnomasi tugayotgani, hali yangi kelishuvga erishilmagani xususida xabar bergandik.

Tecno

Endilikda uning qaerda to‘p surishi oydinlashib qoldi. Futbolchining o‘zi sports.uz saytiga yangi mavsumni Bekobodning “Metallurg” klubida boshlashga yaqin turganligini ma’lum qildi.

Isoqjonov uchun “Metallurg” begona emas. Sababi o‘tgan yili “Navbahor”ga kelishdan oldin aynan bekobodliklar sharafini himoya qilgandi. Ko‘rib turganingizdek, u yana sobiq jamoasiga qaytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!