"Navbahor" klubi "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda bir milliard ishlab oladi
Ayni paytda O‘zbekiston Kubogi nimchorak final bahslari o‘tkazildi. 28 avgustdan Superliga bahslari start oladi. Shu kuni "Navbahor" o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.
"Yil o‘yini" bo‘lishi kutilayotgan bahs uchun chiqarilgan chiptalar ertadan Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingoh kassalarida sotuvga chiqishi ma’lum qilingandi.
Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 50 000 so‘m etib belgilangan. Chiptalar miqdori cheklangan.
"Markaziy" arena 24 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. O‘yinning ahamiyatidan kelib chiqib, havfsizlik xizmati vakillariga ajratilgan o‘rindiqlarni taxminan olib tashlansa, 20 ming ishqiboz kelishi mumkin. Agar shuncha tomoshabin o‘yinga tashrif buyuradigan bo‘lsa (50 000 so‘m chipta narxi, 20 000 muxlis), klub 1 milliard so‘m ishlab oladi.
"Navbahor" mavsumdagi ilk uchrashuvda "Nasaf" bilan to‘qnash keldi. Ushbu bellashuvga chiptalar 100 so‘mdan sotildi. Undan keyingi o‘yinlar 30 ming so‘mdan etib belgilandi. Ammo bu vaziyatdan muxlislar tashrifi kamaydi. Chunki bu summa muxlislarga og‘irlik qildi.
Bir necha turdan so‘ng chiptalar narxi pasaytirildi. Klub 15-20 mingdan biletlar sotdi. Endi esa yana bir markaziy bellashuv kutmoqda. "Navbahor" klubi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin muhimligidan va e’tibor yuqoriligi bois barcha chiptalar 50 mingdan sotuvga chiqariladi. Bu orqali jamoa yaxshigina daromad qilishi mumkin.
“Navbahor” – “Paxtakor” o‘yini 28 avgust kuni soat 19:00da start oladi. Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan shogirdlari ayni payt turnir jadvalida 32 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Maksim Shatskix esa 31 ochko jamg‘argan holda 3-pog‘onani band etgan.




Fikrlar