"Navbahor" legioneri jamoadan ketdi

  • 03.12.2022 20:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kelasi yili Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan Namanganning “Navbahor” klubi yana jiddiy rejalar tuzmoqda. Shunga yarasha tarkib yanada kuchaytirilishi shubhasiz.

Lekin yakuniga etgan mavsumda jamoaga taklif qilingan hamma o‘yinchi ham moslasha olgani yo‘q.

mirlan

Masalan, yozda “Navbahor”ga Qirg‘iziston terma jamoasi hujumchisi Mirlan Murzoev taklif qilingandi. Biroq legioner o‘yinchi “Navbahor”da etarli o‘yin vaqtiga ega bo‘lgani yo‘q. U faqat 3 ta uchrashuvdagina qatnashdi xolos va maydonda 52 daqiqani o‘tkazdi. Bir marta sariq kartochka bilan ham siylandi.

Shu tariqa, qirg‘izistonlik o‘yinchi namanganliklar safini tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!