"Navbahor" legioneri yurtiga qaytib ketdi
Ushbu mavsumda “Navbahor” o‘z tarkibiga bir qator rossiyalik legionerlarni jalb qilgandi. Bungacha Pavel Golishev namanganliklar safini tark etgandi.
Endi bo‘lsa, rossiyalik yana bir hujumchi Ruslan Bolov ham o‘z yurtiga jo‘nab ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu xususida “Navbahor” klubi matbuot xizmati bilan bog‘langanimizda, Bolov Rossiyaga oilaviy sabablarga ko‘ra ketganini ma’lum qilishdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etib borayotganini ham ta’kidlash joiz.
Joriy chempionatda 26 yoshli hujumchi “Navbahor” safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi va 1 ta assistenlik vazifasini bajardi. Shuningdek, 3 marta sariq kartochka bilan jazolandi.

Fikrlar