
"Navbahor" muxlislariga uymi, safarmi farqi yo‘q
10 - 11 may kunlari Superliganing 8-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.
Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.
Bu gal stadionlarimizga jami 17336 tomoshabin tashrif buyurdi (Bu o‘tgan tur bilan solishtirganda 3 barobar kam). Har bir bellashuvga o‘rtacha 2477ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Samarqandda. “Dinamo” – “Navbahor” bahsini 7507 odam shohidiga aylandi. Uchrashuv avvalidan mazkur bahsga yanada ko‘p tomoshabin tashrif buyurishini kutilayotgandi. Biroq... Shuni ham aytish kerakki Namanagandan Samarqandga ko‘plab ishqibozlar tashrif buyurgan va o‘z jamoasini stadiondan qo‘llab-quvvatlagan.
Turning markaziy qarama-qarshiligi "So‘g‘diyona" - "Nasaf" o‘rtasida kechdi. Keskin kurashlarga boy bellashuvni 4083 ishqiboz tomosha qildi. Bu 8-turdagi eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkich. Ha aytgancha, namanganliklar Samarqanddan qaytishda ertasi kuni Jizzaxdagi ushbu uchrashuvga ham kirib, qarshiliklar bilan bitta sektorda "Nasaf"ga muxlislik qilishgan.
Eng kam ishqiboz Olmaliqda. "Qizilqum" stadioni bilan bog‘liq masalalar tufayli Olmaliqda uy o‘yinlarini o‘tkazmoqda. Buni qarang-ki, navoiyliklar bu tur AGMK bilan kuch sinashdi. Yirik hisob qayd etilgan bahsda 571 ishqiboz stadionga tashrif buyurdi.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):
"Dinamo" - "Navbahor" 0:1. 7507 tomoshabin
"So‘g‘diyona" - "Nasaf" 1:2. 4083 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Metallurg" 1:1. 2400 tomoshabin
"Paxtakor" - "Surxon" 2:2. 1122 tomoshabin
"Neftchi" - "Olimpik" 0:0. 861 tomoshabin
"Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" 1:2. 792 tomoshabin
"Qizilqum" - AGMK 1:4. 571 tomoshabin
Fikrlar