"Navbahor" Polsha klubiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etayotgan "Navbahor" navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Polshaning "Rakuv" klubiga qarshi kechgan bahsda "lochinlar" yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi, 0:3. Bundan oldingi nazorat bahsida namanganliklar Vengriyaning “Spartakus Niredxaza” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.
Katta ehtimol bilan, "lochinlar" Turkiya yig‘inini tez orada yakunlab, Namanganga qaytadi.

Fikrlar