"Navbahor" qachondan Namangandagi stadionda o‘ynashni boshlaydi?
Xabaringiz bor Namanganning “Navbahor” klubi o‘z stadioni rekonstruktsiya qilinayotgani bois uy o‘yinlarini boshqa stadionlarda o‘tkazib kelmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “lochinlar” 4 may kuni Superliganing 7-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona”ga qarshi bahsni yangi ta’mirdan chiqarilgan Namangandagi “Markaziy” stadionda o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz, Andrey Kanchelskis shogirdlari 21 aprel kuni Superliganing 5-turi doirasida “Surxon”ga qarshi bo‘ladigan bahsni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazishadi.

Fikrlar