
"Navbahor" safiga kutilgan legioner qo‘shildi
O‘zbekistonda 5 iyul kuni transfer oynasi ochildi. Jamoalarda keldi-ketdilar boshlangan.
Bir necha kun avval "Neftchi" legioneri Toma Tabatadze jamoani tark etgani va hujumchi faoliyatini farg‘onaliklarning asosiy raqibi safiga ko‘chib o‘tayotgani haqda xabar bergandik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, farg‘onaliklar etakchisiga aylanib, ko‘plab gollar urgan gruziyalik hujumchi "Navbahor" tarkibini to‘ldirgan. Toma kecha alohida shug‘ullandi.
Toma Tabatadzening "Neftchi" bilan amaldagi shartnomasi bor edi. Agar u jamoani tark etsa kelishuvga ko‘ra tovon puli to‘lashi belgilangan. Endi u kompensatsiya to‘laydi.
PFL rasmiy saytidagi statistikaga e’tibor qaratsak, Toma Tabatadze Superligadagi 13 o‘yinning barchasida maydonga tushgan va jamoadoshlari orasida eng ko‘p daqiqa (1125) harakat qilgan. Shuningdek, gruziyalik hujumchi klub safida eng ko‘p gol urgan futbolchi (6) hamda Superliga to‘purarlar bahsida Xebay va Cherandan so‘ng uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar